Book description
Oʻtkir respirator infeksiyalar (OʻRI) – bu insoniyat tarixida eng keng tarqalgan va eng koʻp uchrovchi yuqumli kasalliklar guruhidir. Ular asosan havo-tomchi yoʻl bilan, ya'ni kasal odamning yoʻtalishi, aksirishi yoki gaplashishi vaqtida atrofga tarqalgan mayda tomchilar orqali yuqadi. O‘tkir respirator virusli infeksiyalar spektriga gripp, paragripp, adenovirus infeksiyasi, respirator-sintitsial virus infeksiyasi, rinovirus, reovirus hamda respirator mikoplazma bilan bog‘liq kasalliklar kiradi. Ushbu oʻquv uslubiy qoʻllanma respirator infeksiyalarining laborator diagnostikasi boʻyicha nazariy asoslar va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga bagʻishlangan boʻlib, unda har bir nozologik shaklga xos diagnostik algoritmlar batafsil yoritilgan. Oʻquv uslubiy qoʻllanma Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining "Hamshiralik ishi va Davolash ishi" boʻlimi talabalari uchun moʻljallangan.