Book description
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma dizenteriya (shigellyoz) kasalligining etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, diagnostikasi, davolash va profilaktika tamoyillarini yoritadi. Qo‘llanmada Shigella turkumiga mansub qo‘zg‘atuvchilarning biologik xususiyatlari, kasallikning yuqish mexanizmlari, klinik shakllari va og‘irlik darajalari ketma-ket bayon qilingan. Materiallarda dizenteriya bilan kechuvchi bemorlarni erta aniqlash, klinik belgilar asosida baholash, laborator va bakteriologik tekshiruvlarni to‘g‘ri rejalashtirish, shuningdek empirik va etiologik davolash
yondashuvlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu oʻquv uslubiy qoʻllanma Abu Ali Ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi talabalari uchun moʻljallangan.