Book description
Ushbu uslubiy tavsiyanoma fiziologik tug'ruqni olib borish, fiziologik tug'ruqda UASh (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan ko’rsaliladigan shoshilinch yordam hamda fiziologik chilla davrini boshqarish masalalariga bag'ishlangan. Qo'llanmada tug‘ruqning birinchi, ikkinchi va uchinchi davrlarining fiziologiyasi, ulami klinik jihatdan to'g'ri baholash va olib borish tamoyillari, tug'ruq biomexanizmi, ona va homila holatini kuzatish, tug'ruq asoratlarining oldini olish usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, yo'ldosh davrini olib borish, qon ketishlarning profilaktikasi, partogrammadan foydalanish qoidalari. tug'ruqdan keyingi chilla davrining ftziologiyasi, ona suti bilan emizishning ahamiyati, chaqaloqni parvarishlash va ovqatlantirish asoslari keng bayon etilgan.
Tavsiyanomada nazariy bilimlami mustahkamlash maqsadida test savollari, vaziyatli masalalar va rasmli topshiriqlar keltirilgan.
Mazkur uslubiy tavsiyanoma tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan bo‘lib, amaliy faoliyatda foydalanish uchun zarur bo’lgan asosiy bilim va ko'nikmalami shakllantirishga xizmat qiladi.