Book description
Mazkur monografiyada turli tabiiy manbalardan olingan polifenol birikmalarning biologik faolligi, ularning gepatoprotektor va antioksidant xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Polifenollar organizmda erkin radikallarni neytrallash, oksidlanishli stressni kamaytirish hamda jigarning detoksikatsion faoliyatini tiklashdagi roli yoritilgan. Eksperimental toksik gepatit modellarida polifenol birikmalarning jigar to‘qimalarida ferment tizimlari (katalaza, glutationperoksidaza, superoksiddismutaza va boshqalar) faolligiga, lipid peroksidlanish jarayonlariga hamda hujayra membranalari barqarorligiga ta’siri o‘rganilgan. Monografiyada polifenollar ta’sirida jigar hujayralarining morfo-funksional holati, antioksidant himoya tizimining faollashuvi va hujayra darajasidagi himoya mexanizmlari haqida so‘nggi ilmiy ma’lumotlar jamlangan. Olingan natijalar tabiiy antioksidant vositalar asosida yangi gepatoprotektiv preparatlar ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.