• Chanoq kamari va oyoq erkin qismi suyaklari tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari

  • 777 | 985
  • Author: Abduraimov Z.A, Yuldasheva D.U
  • Lang: O'zbek
  • Resource type: Uslubiy qo'llanma
  • Number of pages: 41
  • Publishing: Samarqand
  • Year of publication: 2026
  • Published: Samarqand

Book description


Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma “Chanoq kamari va oyoq erkin qismi suyaklari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, anatomiya fanini o‘rganayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Oyoqlanmada chanoq kamari suyaklari — yonbosh, quymich va qov suyaklari, shuningdek, oyoqning erkin qismi suyaklari — son, tizza qopqog‘i, katta va kichik boldir hamda oyoq panjasi suyaklarining anatomik tuzilishi, joylashuvi, o‘zaro birikishi va funksional xususiyatlari izchil yoritilgan. Mavzuni o‘zlashtirish jarayonida suyaklarning asosiy anatomik qismlari, bo‘rtmalari, chuqurchalari, o‘simtalari va bo‘g‘im yuzalarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, chanoq va oyoq suyaklarining tayanch-harakat tizimidagi ahamiyati, gavda og‘irligini ko‘tarish va taqsimlash, harakatlarni amalga oshirish hamda tana muvozanatini saqlashdagi roli bayon etilgan.Qo ‘llanmada suyaklarning yoshga doir anatomik xususiyatlari, o‘sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham yoritilib, bolalik, o‘smirlik va voyaga yetgan davrlardagi morfologik farqlarga e’tibor berilgan. Mavzuni mustahkamlash maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol o‘qitish usullari, nazorat savollari va test topshiriqlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Mazkur o‘quv-uslubiy oyoqlanma tibbiyot ta’lim muassasalari talabalari, anatomiya fanini o‘qituvchi professor-o‘qituvchilar hamda tayanch-harakat tizimi anatomiyasini mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.