• Yuz-jagʻ soxasi noodontogen yalligʻlanish kasalliklari. O'quv-uslubiy qo'llanma. Ibragimov D.D

  • 548 | 117
  • Author: Ibragimov D.D, Ismatov N.S
  • Lang: O'zbek
  • Resource type: Uslubiy qo'llanma
  • Number of pages: 48
  • Publishing: Samarqand
  • Year of publication: 2025
  • Published: Samarqand

Book description


«Yuz jagʻ soxasi noodontogen yalligʻlanish  kasalliklari» stomatologiya fakulteti talabalari uchun o‘quv –uslubiy qo‘llanma hisoblanib, yuz jagʻ soxasi tish kasalliklari oqibatida yuzaga kelmaydigan yalligʻlanish  kasalliklari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. O’quv uslubiy qo’llanmada noodontogen kasalliklarga qaraganda odontogen yallig‘lanish jarayoni yetakchi o‘rin tutishligi  to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. «Yuz jagʻ soxasi noodontogen yalligʻlanish  kasalliklari» o’quv uslubiy qo’llanmasi stomatologiya fakulteti 4-5 kurs talabalari uchun ushbu fan na’munaviy dasturlariga asoslanib yozilgan.  O’quv uslubiy qo’llanmaning dastlabki qismida mavzuning dolzarbligi yortilgan bo’lib, darsning maqsadi,  darsning vazifalari, mavzuga tegishli integrasion nazorat savollari qismlari yoritilgan. O’quv uslubiy qo’llanmaning asosiy qismida yuz jagʻ soxasi noodontogen yalligʻlanish  kasalliklari,  furunkul (chipqon), furunkulez, karbunkul (xo‘ppoz), yuzning saramasli yallig‘lanishi, noma kabi kasalliklarning tasnifi, klinik bosqichlari, zamonaviy tashxislash, taqqosiy tashxislash, davolash usullari va profilaktik choralari to’g’risidagi ma’lumotlar rangli fotosuratlar bilan to’liq yoritilgan. O’quv uslubiy qo’llanmaning yuz jagʻ soxasi noodontogen yalligʻlanish  kasalliklari patologiyalarni klinik bosqichlarini ma’lumotlaridan so’ng mavzuni o‘zlashtirganlik bo‘yicha nazorat testlari barcha kasalliklar uchun alohida tuzilgan bo’lib, talabalarning yuz jagʻ soxasi noodontogen yalligʻlanish  kasalliklari kasalliklar to’g’risidagi ma’lumotlarni mukammal o’zlashtirishiga yordam beradi.
O’quv uslubiy qo’llanmaning yakuniy qismida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.