Book description
Yangi tugilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun qo‘llaniladigan dori preparatlari albatta steril holatda tayyorlanishi shart. Soglikni saqlash vazirligi tomonidan tasdiklangan ko‘rsatmaga asosan yangi tugilgan bolalar uchun tayyorlanadigan hamma dori preparatlari va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlanadigan suyuq dori shakllari albatta steril holda tayyorlanishi shart.
Dorixonalarni va ayrim shifoxona holidagi dorixonalarning dorixatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, yangi tugilgan bolalar uchun ishlatiladigan dori tarkibi xilma-xil bo‘lib, uning soni 130 ga yakin. Bundan 30 foiz tayyor turdagi zavod mahsuloti bo‘lsa, 70 foizi dorixonada yakka buyurtma asosida tayyorlanadigan dori preparatlari hisoblanadi.Adabiyotlarda keltirilishicha, qattiq dori shakllari mikrob rivojlanishida nokulay sharoit hisoblansa, dori tayyorlash jarayonidagi ayrim holatlar mikroorganizmlar rivojlanishi uchun qulayliklar yaratadi. Masalan, tabletka tayyorlashdagi xo‘l granulyasiyalash. Pankreatin, talk, analgin, glyukoza, shakar va shunga o‘xshash dori moddalar esa mikrob rivojlanishi uchun ayni sharoit isoblanadi.