Book description
Ma’lumki, jamiyat va tabiat o'rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga mo’jallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko’Iami kengayib borishi uning mas'uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat bcradi. Xuddi shu bois psixolog mutaxassislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmaning ко payishi ularni hozirgi zamon talabiga javob beradigan darajada tayyorlashni taqozo qilmoqda.
Istiqlol sharofati tufayli ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona munosabatda bo'lish imkoniyati vujudga keldi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma umumiy psixologiya dasturiga asoslangan holda yaratilgan bo’lib, talabalar uchun zarur materiallar izchil ravishda, muayyan tartibda joylashtirilgandir. Umumiy psixologiya uquv qo‘llanmasi talabalarda umumiy psixologik bilimlarni shakllantirish, voqelik va jamiyatdagi voqyea- hodisalarning, shaxsning o’zida kechadigan jarayonlar va psixologik bilimlarni shakllantirish, ularni jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlaming mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta sir ko’rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emosional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o ’rgatishdan iborat.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 60110100 - Pedagogika (tarbiya ant o’qituvchilari) ta’lim yo’nalishi talabalari va boshqa pedagogik y o n a isi talabalariga mo’ljallangan.