Book description
Tavsiyanoma Samarqand viloyati sharoitida Rubus caesius L. navlarini o‘rganish natijalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda mazkur o‘simlikning morfofiziologik xususiyatlari, ko‘payish usullari, agroekologik omillarga moslashuvchanligi hamda plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot davomida turli navlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari, o‘sish sharoitlariga moslashish darajasi, barg va novdalarning morfologik tuzilishi, mevalarning morfologiyasi va biokimyoviy tarkibi tahlil qilindi.
Shuningdek, yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan navlarni tanlash va ularning plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining SPF-202 raqamli “Samarqand viloyati sharoitida tikansiz maymunjon (Rubus caesius L.) navlarining ko‘chatlarini yetishtirish va plantatsiyalarini tashkil retish orqali dehqon fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish” mavzusidagi loyiha doirasida tayyorlangan.