Book description
Ushbu o’quv qo’llanmada yurak-qon tomir kasalliklari shoshilinch holatlarining dolzarb muommolari ko’rib chiqiladi: zamonaviy etiopatogenez tushunchalari, diagnostikasining zamonaviy tamoyillari va nostabil stenokardiya, ST segmentining ko’tarilishi yoki ko’tarilishisiz kechadigan o’tkir koronar sindromli bemorlarni olib borish va davolash algoritmi taqdim etilgan. Ushbu qo’llanma klinik kuzatuvlar, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklarini shoshilinch holatlardagi bemorlarni laboratoriya va instrumental tekshirish natijalari asosida yozilgan. Mualliflar favqulodda vaziyatlarda bo’lgan bemorlarni olib borish, tashxis qo’yish, davolash va boshqarish strategiyalarini zamonaviy yondashuvlarni batafsil bayon qiladi. Taqdim etilgan qo’llanma “Kardiologiya” (5A510105) mutaxassisligi magistrlarni tayyorlash namunaviy va ishchi dasturlariga muvofiq tuzilgan va davlat ta’lim standarti talablariga javob beradi.