Book description
Monografiyada bolalarda ko’p uchraydigan siydik chiqarish tizimi rivojlanishi nuqsonlaridan biri-tug’ma obstruktsiyali uropatiyalar ya’ni urodinamikaning buzilishi bilan kechadigan xastaliklar yoritilgan. Bolalarda ushbu xastaliklar etiologiyasi, tarqalganligi, tasnifi, tashxisoti va davolash masalalari ko’rib chiqilgan. Ishda buyraklar va yuqori siydik chiqarish yo’llarining embriologiyasi, anatomoyasi va fiziologiyasi haqida an’anaviy, tekshirilgan ma’lumotlar bilan bir qatorda zamonaviy tekshirish usullari natijalariga asoslangan shaxsiy qarashlar ham bolalardagi tug’ma obstruktiv uropatiyalar to’g’risida bayon etilgan. Tug’ma obstruktsiya muhitida buyraklar faoliyati zararlanishining erta tashxisoti masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.