Book description
Ushbu monografiya erta rivojlangan osteoartroz kasalligining xavf omillarini va komorbid holatlarni aniqlash, boshlangʼich bosqichlarida boʼgʼimdagi ogʼriqlar, harakat cheklanishi, boʼgʼimning funktsional holatini toʼgʼri baholash, molekulyar-genetik va instrumental tekshiruv usullarini mutanosibligi asosida dasturlashtirilgan tarzda qisqa vaqt ichida davolash kategoriyasini tanlash usullari orqali davoga yondashilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida yozilgan. Shuningdek, OА kasalligida tashhislash sifatini yaxshilash, davolash jarayonida ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʼrsatishni sezilarli darajada kengaytirilishi kasallik asoratlari va nogironlik darajasini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradigan chora tadbirlarni revmatolog va oilaviy vrach amaliyotiga qoʼllash uchun tavsiya etilgan.