Book description
O’quv-uslubiy tavsiyanomada qon yaratish a’zolarining yoshga bog’liq anatomo-fiziologik xususiyatlari, qonning vazifalari, homilada qon hosil bo’lish bosqichlari, bachadondan tashqari hayotda qon hosil bo’lishi, qon va qon yaratish a’zolarini tekshirish usullari, shikoyat, kasallik anamnezi, hayot anamnezini yig’ish, bundan tashqari ob’yektiv tekshiruv usullari: ko’zdan kechirish, palpatsiya, perkussiya to’liq yoritilib, sog’lom bolalarda qonning shaklli elementlarining yoshga nisbatan o’zgarishi, leykositar formula haqida ma’lumot berilgan. O’quv-uslubiy tavsiyanoma tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining o’quv dasturlariga asoslangan holda bajarilgan, hamda tibbiyot oliy o’quv yurtlarining pediatriya fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan.