Kitob ta'rifi
Psixiatriya - tibbiyotning bir bo`limi bo`lib, u ruhiy kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, uning yuzaga kelish mexanizmlari va ko`rinishi, ularning davolash hamda yordam ko`rsatishni tashkillashtirishni o`rgatadi. Zamonaviy psixiatriya bir necha yo`nalishlardan tashkil topgan: bolalar, o`smirlar, sud va mehnat ekspertizasi, seksopatologiya, chegaraviy psixiatriya, psixoterapiya va boshqalar. Qo`llanmaning asosiy maqsadi tibbiyot institutlarning talabalariga ruhiy kasallliklar etiologiyasi, patogenezi, uning yuzaga kelish mezanizmlari va ko`rinishi, ularni davolash hamda yordam ko`rsatishni usullarini o`rgatishdan iborat. Qo`llanma psixiatriya yo`nalishi bo`yicha magistr rezidentlari va klinik ordinatorlar tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin.