Kitob ta'rifi
Oʼquv qoʼllanma 10 bobdan iborat boʼlib, umumiy urologiyaning muhim boʼlimlari hisoblangan: siydik ajratish va erkaklar tanosil aʼzolarining anatomiyasi va fiziologiyasi, urologik kasalliklar simptomatologiyasi, urologiyada tekshirish usullari, siydik-tanosil aʼzolarining anomaliyalari, roboturologiya asoslari, urologiyada qoʼllaniladigan choklar, urologik manipulyatsiyalar, urologiyada ayrim simptomlar va sindromlar keltirilgan. Oʼquv qoʼllanma meditsina institutlari studentlariga, urologiya mutaxassisligi boʼyicha klinik ordinatorlar, magistrlar, urologlar va umumiy amaliy shifokorlari uchun foydali boʼlishi mumkin.