Kitob ta'rifi
O`quv qo`llanmada bolalikning har bir davrida organizm ichki muhitining doimiyligini ta`minlashda buyrak faoliyatining ahamiyati, uning kasallanishi oqibatida buzilishining o`sib borayotgan organizm uchun mohiyati, ularning tashxisi davolash va oldini olish usullari zamonaviy nuqtai nazarda talqin qilingan. O`quv qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim vazirligining “Pediatriya” fani bo`yicha namunaviy o`quv dasturi talablari asosida tuzilgan va pediatriya fakultetining 5-6 kurs talabalarining amaliy mashg`ulotlari uchun mo`ljallangan. Shuningdek o`quv qo`llanmada Pediatriya fani bo`yicha tahsil olayotgan magistrlar va klinik ordinatorlar ham foydalanishlari mumkin