Kitob ta'rifi
Farmatsevtik kimyo fani yuqori malakali farmatsevtlarni tayyorlashga ixtisoslashgan fanlar ichida muhim ahamiyat kasb etadi. Darslik 2 qismdan iborat bo`lib, farmatsevtik kimyo fanining amaldagi dasturi asosida yozilgan. Ushbu kitob farmatsevtik kimyo darsligining qayta ishlangan va to`ldirilgan ikkinchi qismi bo`lib, unda aromatik hamda geterosiklik birikmalar guruhiga kirgan dori vositalarining fizik-kimyoviy xossalari, tahlil usullari, saqlanishi va qo`llanishi haqidagi ma`lumotlar keltirilgan. Mazkur darslik farmatsevtika institutining bakalavriatura bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda bayon qilingan tahlil usullaridan magistrantlar, stajyor tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.