Kitob ta'rifi
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgan birinchi yillardanoq eng dolzarb masalalar qatorida fuqarolarni turli xil tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vazifasiga katta e’tibor qaratildi.Jamiyat taraqqiyotining hozirgi davri insoniyat va uni o‘rab turgan tabiiy muhit o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar hamda favqulodda vaziyatlar (FV) o‘sib borishi bilan ajralib turadi. Asrlar davomida texnogen halokatlar (katastrofalar) soni ham o‘sib bormoqda. Ularning eng ko‘p miqdori va oqibatlari ham XX asrga, ayniqsa uning ikkinchi yarniiga to‘g‘ri keladi.