Kitob ta'rifi
W xizmatni yaxshilash, shu jumladan ichki kasalliklar diagnostikasi davolash va oldini olish bo ‘yicha tibbiyotning ustuvor yo 'nalishlarini rivojlantirish
dasturi doirasida ushbu nashr revmatologiyaning bir bo'limi bo'lib - biriktiruvchi to qima differensiyallashmagan displaziyasiga tegishli ma 'lumotlarni о ‘z ichiga oladi Monografiya nafaqat ushbu fanga oid asosiy bilimlarni, balki tibbivot oliy о quv yurtlari shifokorlari va talabalari uchun ichki kasalliklar kursi bo 'yicha amaliy mashgulotlar va maruzalar oikazishda yordamchi ma'lumot manbai sifatida foydalanish mumkin bo'lgan zamonaviy ilmiyyutuqlarni o'z ichiga oladi.
Monografiyada biriktiruvchi to qima dijferensiallashmagan displazivasining (BTDD) diagnostikasi, davolash va oldini olish bo yicha zamonaviv vondashuvlar taqdim etilgan. So'nggi yillarda BTDD kasalligining ish qobiliyati’yuqori bo'lgan aholi orasida ко payishi, ish qobiliyati pasayishi, nogironlik ko'rsatgichining oshishiga, bemorlarning hayot sifatini pasayishiga olib kelishi revmatologivaning eng dolzarb va to'liq xal etilmagan muammolaridan biri bo'lib hisoblanadi.
BTDD kechishini bashorat qilish mezonlari takomillashtirilgan, bu esa tibbiyotning birlamchi bo'g'inlarida erta tashxislash imkonini beradigan dastur, samarali davo kombinatsiyalarini qo'llash hamda sog’lom turmush tarziga targ'ib qiluvchi algoritin ishlab chiqilgan.
Mualliflar kitobdan tegishli ixtisoslik shifokorlari - terapevtlar, pediatrlar, kardialoglar, orlopedlar, va umumiy amaliyot shifokorlari, shuningdek, rezidentlarda ma 'lum darajada qiziqish uyg'otadi hamda sog'liqni saqlash muassasalari faoliyatida foydalanish mumkinligiga и mid qiladi.