Kitob ta'rifi
Yurak-qon tomir kasalliklari (YuQTK) bilan kasallanish butun dunyo miqyosida birinchi o’rinda turishi bilan birgalikda, o’lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo’lib kelmoqda va ular orasida o’tkir koronar sindrom (O’KS) yetakchi o’rinni egallashi bilan ajralib turadi. Jahon sogliqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko’ra har yili 17,7 mln. inson yurak ishemik kasalliklari (YuIK) sababli hayotdan ko’z yumadi, bu umumiy o’lim holatining 31,1% ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich SARS-CoV2 (COVID-19) pandemiyasi vaqtida yanada oshdi