• Tez tibbiy yordam sharoitida gipertonik kriz rivojlanishining etiopatogenetik xususiyatlari

  • 1572 | 788
  • Muallif: Xalilov N. X.
  • Til: o'zbek
  • Yozuv: lotin
  • Resurs turi: Magistrlik dissertatsiyasi
  • Betlar soni: 87
  • Nashriyot: Samarqand
  • Adadi: 1
  • Chop etilgan yili: 2023
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
  • UO'K: 612.12-008.331.1-082:614.88

Kitob ta'rifi


Mavzuning dolzarbligi va zarurati: Hozirda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, jumladan gipertoniya kasalligi (GK) dunyoning ko'plab mamlakatlarida mehnatga yaroqli aholi o'limning asosiy sababi bo'lib qolmoqda. Yurak-qon tomir tizimi asoratlari, miokard infarkti va miyaning insultlari qon bosimining keskin oshishi fonida rivojlanadi va 80-90% ni tashkil etadi (Oganov R.G., 2017).  [89] Arterial gipertoniya (AG) va uning asoratlari haqida aholining kam xabardorligi, qo’zg’atuvchi omillarni yo’q qilish bo’yicha samarali chora-tadbirlar tizimining yo’qligi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning noqulayligi gipertoniya kasalligining yuqori chastotasiga olib keladi.