Kitob ta'rifi
Dunyo yaralibdiki, turli tuman kasallik, xastaliklar inson bilan yonma-yon yashaydi. Shuning uchun ham tabobat eng qadim rivojlangan ilmlardan bo‘ lib, qadimgi dunyo olimlari uni tabobat san'ati deb ataganlar.
Taqdim etilgan o’quv qo'llanma an'anaviy tibbiyot tushunchasi, uning tarixi, umumiy tamoyillari va an'anaviy tibbiyot usullari va vositalarini amaliy qo'llash bilan tanishtiradi. An'anaviy tibbiyotning nafaqat asosiy yo'nalishlari va usullarining batafsil tavsifi, balki muqobil tibbiyotda qo'llaniladigan davolash usullariga ilm iy sharh berilgan.
Ushbu o'quv qo'llanmada xalq tabobatinng zamonaviy yo'nalishlari hamda xalq tabobatining yaratilsh tarixi to 'liq yo ritilib berilgan. O'quv qo'llanma bir vaqtning o'zida dolzarb va tarixiy foydali ma'lumotlami birlashtirish bilan ham qulaydir. U mavzuga doir rasmlar, ko'rsatmalar, yuqoridagi usullarga qarshi ko'rsatmalar ro'yxati, shuningdek davolash usullari bilan to'ldirilgan. O'quv qo'llanma har bir bo'lim ining oxirida test shaklida o’z-o'zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar kiritilgan.