Kitob ta'rifi
«O'zbekistonning yangi tarixi» xalqimiz va mamlakatimizning ko‘hna va boy tarixini chuqur o'rganish hamda haqqoniy tahlil qilish yo'lida qo‘yilgan dastlabki qadamdir. Bu kitobning yozilishida Yurtboshimiz Islom Karimovning: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz bar-kamol kishi bo‘lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi»1, - degan so‘zlari dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki. katta va ko‘p yillik boy o‘tmi-shimizni yangi davr tarixidan - chor Rossiyasi mustamlakachiligi, sho'rolar diktaturasi va milliy mustaqillikka erishganimiz (1991 yil 31 avgust) davri tarixidan boshladik. Bunda qadimgi davr va o‘rta asrlar tariximiz yozilmasa kerak, degan xayolga bormaslik lozim.