Kitob ta'rifi
Mazkur o‘quv qo‘llanmasi tibbiyot institutlarida tibbiy biologiya va genetika fanini o‘qitish dasturi asosida, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun qo‘llanma sifatida yozilgan. Qo‘llanmada hujayra biologiyasi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, rivojlanish biologiyasi, evolyutsion ta’limot asoslari, parazitologiyaning biologik va ekologik asoslari bo‘limlaridan amaliy mashg‘ulotlar batafsil bayon etilgan.
Qo‘llanmada qisqacha asosiy nazariy bilimlar, talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun topshiriqlar, vaziyatga doir masalalar, test topshiriqlari keltirilgan.