Kitob ta'rifi
Ushbu Mikrobiologiyadan laboratoriya mashg'ulotlariga doir o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimining stomatologiya sohasini isloh qilish davlat dasturida qayd qilingan tibbiyot oliy yurtlarini o'zbek tlidagi darsliklar bilan ta’minlash zaruriyatini inobatga olgan holda yozildi.
O'quv qo'llanmada stomatologiya amaliyotida so'ngi yillarda ko'proq uchraydigan og'iz bo'shlig’i yuqumli kasalliklarining bakteriologik, immunologik va serologik diagnostikasi yoritildi. Unda 150 dan ortiq rasm, jadval va sxemalar berildi.