Kitob ta'rifi
Ushbu qo'llanma yangi na’munaviy va ishchi dastur asosida tayyorlangan va gistologiya fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljal- Iangan. Qo‘llanmaga fanning sitologiya, odam embriologiyasi, umumiy gistologiya qismlari kiritilgan, har bir mavzuning avval nazariy va keyin amaliy qismlari keltiriladi, har mavzuda o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotning ketma-ket keladigan tarkibi - darsning maqsad va vazifalari, na’munaviy savollar, ko‘riladigan preparatlar, izohlari, elektronogrammalar, test savollari, vaziyatli masalalar, referat uchun mavzular keltirilgan.