Kitob ta'rifi
Qoʼllanmada bolalar yoshini hisobga olgan holda stomatologik aralashuvlarda ogʼriqsizlantirishni zamonaviy anestetiklar bilan bajarish uslublari yoritilgan. Stomatologik aralashuvlardan oldingi premedikatsiyaga katta eʼtibor ajratilgan. Mahalliy ogʼriqsizlantirishda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan mahalliy va umumiy asoratlar, ularda yordam berish choralari batafsil yoritilgan. Qoʼllanma stomatologlar, yuz-jagʼ jarrohlari, klinik ordinatorlar, anesteziologlar uchun moʼljallangan. Undan, shuningdek, tibbiyot oliy oʼquv yurtlari yuqori kurs talabalari foydalanishlari mumkin.