Kitob ta'rifi
Her bir sohadagi bolalar shifokori (pediatr, bolalar jarrohi. bolalar asab kasalliklari shifokori va b.q.) о'z ish faoliyatida о'sib borayotgan yosh organizmning о'ziga xos anatomofziologik xususiyatlarini inobatga olmog'i lozim. Shuning uchun ham. bolalar jarroxligi mutaxassisligining ajralib chiqishi bejiz emas. Bolalar jarrohligi kasalliklarini davolashda о'sayotgan yosh organizmning anatomo-fiziologik xususiyatlarini o'rganish bolalar jarrohi hamda anesteziologi uchun eng zarur hisoblanadi. Inson tug'ilganidan to 14—18 yoshgacha ma'lum bir o'ziga xos anatomo-fiziologik о'zgarishlarni bosib о'tadi.