Kitob ta'rifi
Uslubiy tavsiyanomada ogʼir kuyish jarohatlarida gastroduodenal qon ketishlar kelib chiqishidan havfli omillarni aniqlash mezonlari, gastroduodenal qon ketishlarning klinik kechishi va diagnostikasi zamonaviy yondashuvlar asosida yoritilgan boʼlib, bu amaliyotdagi oxirgi maʼlumotlar bilan toʼldirilgan. Shuningdek kuyish jarohatida gastroduodenal sohadagi adrenergik va diffuz endokrin tizimning morfologik oʼzgarishlar keltirilgan. Bu kuyish jarohatidagi gastroduodenal asoratlarning patogenetik kontseptsiyasini bir muncha kengaytiradi. Bundan tashqari, klinik va diagnostik yondashuvlar asosida kuyish jarohatlarida gastroduodenal qon ketishlarni kelib chiqishini erta aniqlash va profilaktika qilish boʼyicha algoritmlar tuzilgan va bu amaliyotdagi vrachlar uchun muhim dastur boʼlib xizmat qiladi