Kitob ta'rifi
1996 yilda birinchi marta o‘zbek tilida chop ettirilgan «Ko‘z kasalliklari» darslik kitobi O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot institutlarining talabalari, pedagoglari va amaliy shifokorlar uchun ham oftal‘mologiyadan asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. 2005 yildan boshlab barcha Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari darsliklarining lotin alifbosiga o'tishi munosabati bilan va ko‘z kasalliklari darsligining o'tgan 8-9 yil davomidagi o‘qish jarayonida muvaffaqiyat bilan foydalanilganini hisobga olib, uni qayta ishlab, lotin alifbosida yozib chiqarildi.