Kitob ta'rifi
Ushbu darslik gistologiya, sitologiya va embriologiya fanining rivojlanish tarixi, boshqa tibbiy fanlar bilan integratsiyasi, o’rganish usullari, fanninc rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan olimlaming ilmiy ishlari, hujayra va hujayralararo moddalar, to'qimalar, a’zolar va a’zolar tizimining tuzilishi haqida ma’lumotlar berilgan. Organizm a’zolari faoliyatining morfologik va funksional asoslari, gistologiya fanining o‘rganish usullari, mikroskopiya turlari va to’qimalaming tuzilishini o'rganish uchun ishlatiladigan zamonaviy mikroskoplar, gistologik texnika to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon qilingan.
Gistologiya, sitologiya va embriologiya fani tibbiyot xodimlari va shifokorlarda insonlarda uchraydigan turli kasallikning paydo bo’lishi mexanizmini to‘g‘ri tahlil qilish va shifokor sifatida shakllanish, mutaxassis sifatida fikr yuritish uchun o’rganishi shart bo’lgan fanlar sirasiga kiradi. Ushbu darslik tibbiyot oliy ta’lim muassasalari fundamental tibbiyot yo’nalishi talabalari hamda, barcha tibbiyot xodimlari va ilmiy izlanuvchilar uchun zarur bo’lgan ba’zi ma’lumotlardan foydalanish uchun mo’ljallangan