Kitob ta'rifi
Ushbu qo'llanmada farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnoma tizimi, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, agentlikning asosiy vazifalari, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi davlat unitar korxonasining vazifalari, dorixonada giyohvand dori vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, giyohvand dori vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlaming muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyatni litsenziyalash, statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlami dori vositalari bilan ta’minlash, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashiirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida, dori vositalariga bo'lgan ehtiyoj va talab istiqbolini aniqlash, dori vositalariga bo'lgan ehtiyoj va unga ta’sir etuvchi omillar, alohida farmakoterapevtik guruh dori vositalariga bo'lgan ehtiyojni aniqlash usullari, ehtiyoj istiqbolining asosiy negizlari va dori vositalariga bo'lgan talabni aniqlash, farmatsevtika bozorida ulgurji savdo faoliyatini tashkillashtirish, farmatsevtik omborxonaning tuzilishi, dori vositalarining muomalasida logistik yondashuv, farmatsevtika bozorida axborot texnologiyalari va elektron tijorat, elektron tijorat to'g'risidagi qonun hujjatlari, elektron tijorat ishtirokchilarining huquqiy holati, elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs to'g'risidagi axborot ma’lumotlari yoritib berilgan.
Farmatsevtika instituti talabalari uchun o'quu qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.