Kitob ta'rifi
Hozirgi kunda bizga ko‘plab terapevtik kasalliklar ma’lum bo‘lib, ularni o‘rganish va davolash tibbiyotning alohida bo'limi - ichki kasalliklar fani tomonidan amalga oshiriladi. Har bir shifokor vaqti-vaqti bilan bunday terapevtik kasalliklarga duch keladi. Bundan tashqari, har bir kasallik o‘ziga xos belgilar to‘plami bilan birga keladi va tegishli davolanishni talab qiladi. Terapevtik kasalliklar etiologiyaasi va klinik ko'rinishlariga asosan turli xildir, potologik jarayon nafas yo‘llarida, o'pka yoki plevrada joylashishgan bo'lishi mumkun. Ayrim holatlarda nafas olish tizimi uchun xos bo'lgan holat bir necha bo'limlarning birgalikda zararlanishidir (yurak qon tomir tizimi, o'pka, o'pka va plevra) Terapevtik kasalliklar xilma-xil bo'lib, ularning umumiy simptomlari bir-biriga o'xshashdir, lekin, aniq diagnoz qo'yish uchun o'ziga xos xarakterli simptomlari mavjud.