Kitob ta'rifi
Yashash uchun kurashning muhim shartlaridan biri bu - oziqlanish hisoblanadi. Oziqlanish natijasida esa, organizmning to'qimalari va har bir hujayrasi hayot uchun zarur bo'lgan horn ashyo va energiya bilan ta’minlanadi. Hujayra yashashi, o'z hayot siklini davom ettirishi va normal faoliyati uchun unga minimal hujayra ozuqasi kerak.
Organizmning to'liq och qolishi (ozuqa va suv bermaslik) tirik hujayralar, to'qimalar, a'zolar va butun organizm uchun kuchli emotsional va turli funksional o'zgarishlarga olib keluvchi ekstremal holat hisoblanadi. Organizmning barcha a’zolari qatorida ovqat hazm qilish a’zolari: xususan oshqozon bunday ekstremal ta'sirlarga juda sezgir va ta'sirchan hisoblanadi. Ushbu monografiyada eksperimental ochlik holatida tajriba hayvonlari oshqozoni devorining morfologik o'zgarishlari bayon etilgan.