Kitob ta'rifi
“O‘tkir qorin sindromi bilan kechuvchi xirurgik kasalliklar” o‘quv qo‘llanmasida xirurgik kasalliklarni tekshirish usullari va semiotika keltirilgan. Shuningdek asosiy kasalliklar klinik kechishi va ularni davolash usullari yoritilgan. “O‘tkir qorin sindromi bilan kechuvchi xirurgik kasalliklar” kitobi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalariga dars o‘tish dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, a’zo va tizimlarning anatomik – fiziologik xususiyatlariga doir bo‘lgan gozirda mavjud va yangi ma’lumotlarni ketma – ket yoritgan, shuningdek har xil joyda joylashgan xirurgik kasalliklarning etiologiyasi va patogenezi, diagnostika usullari, kompleks davolash usullari va operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olish usullari keng bayon qilingan.