• Xirurgik kasalliklar

  • 378 | 450
  • ISBN: 978-9910-587-02-3
  • Muallif: Kurbaniyazov Z.B, Rakhmanov Q.E
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: Darslik
  • Betlar soni: 509
  • Nashriyot: STEP-SEL
  • Chop etilgan yili: 2025
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Bugungi kun xirurgiyasi nafaqat surunkali xoletsistitda, balki ushbu kasallikning o‘tkir turida ham laparoskopik operatsiya uslublaridan foydalanish, ko‘pgina boshqa surunkali va o‘tkir xirurgik kasalliklarida ham, kichik yoki kam invaziv operatsiya taktikasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib, kundan kun odat tusiga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, xirurgiya sohasida yangidan-yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishi, oldingi darsliklarda ularning ifoda etilmagani, yangi darslikni yaratish va ushbu masalalarni ham unga kiritish zaruratini yuzaga keltirdi.
Darslikni yozishda, muallif xirurgiyaga oid mavjud ma’lumotlarni bayon etgani holda, kasalliklarni aniqlash va davolashning yangi usullari bilan tanishtirishga harakat qildi. Bu borada o‘lkamiz olimlarining qo‘shgan ulkan hissalari haqida ham so‘z yuritishga urindi. Bularning hammasi, bo‘lajak jarrohlarning yangi avlodini tarbiyalashga va ularning xalqimizga malakali xizmat ko‘rsatishiga yordam beradi.