Kitob ta'rifi
Jeyn Ostin “Andisha va g`urur” asarida qishloq dvoryanining qizi Elizabet Bennet bilan o`zining kelib chiqishi, boyligi ila mag`rur boy pomeshchikning o`g`li Fitsuiilyam Darsi o`rtasidagi sarguzashtlarni hikoya qiladi. Asar 1813-yilda nashr qilinib, adabiyot dunyosida kata shov-shuvga sabab bo`ldi. Ushbu asar haqida o`sha paytdagi “Britaniya tanqidchisi” jurnali shunday yozgan edi: “Asar shu paytgacha o`quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi hamma romanlardan yuqori turadi”. Umid qilamizki, mazkur asarni hurmatli o`zbek kitobxonlariga ham manzur bo`ladi.