Kitob ta'rifi
Beshinchi kitob farmakopeya boʼlib, unda murakkab tarkibli dori-darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning birinchi qismida turli taryoqlar (ziddi-zaharlar), maʼjunlar, habdori, kulcha dori, elaki dori, sharbatlar, qaynatmalar, sharob, marham va hokazolar tavsifi berilsa, ikkinchi qismda muayyan aʼzolar-bosh, koʼz, quloq, tish, tomoq, koʼkrak qafasi va qorin boʼshligʼi aʼzolari, boʼgʼinlar va turli teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan hamda sinalgan dori-darmonlar keltiriladi. Ibn Sino bayon etgan tib nazariyasi, xususan, “Qonun”ning shu masalaga bagʼishlangan 1-kitobining tahlili meditsina fanlari doktori marhum V.Q. Jumaevning qoʼyidagi “Ibn Sinoning umumiy klinik qarashlari” nomli maqolasida mufassal bayon etilgan.