Kitob ta'rifi
“ Farmatsevtik omillar” tushunchasi preparatlami tayyorlashdagi barcha jarayonlami o‘z ichiga olmasdan, faqal faol substansiyaning terapevtik faolligiga ta’siri aniqlangan omillamigina o‘z ichiga oladi. Farmatsevtik omillar orasida yordamchi moddalar, ulaming tabiati va miqdori, faol substansiyaga ko'rsatadigan ta’sirining murakkabligi va muhimligi jihatidan qolgan barcha omillardan ajralib turadi. Deyarli barcha preaparatlaming tarkibida yordamchi moddalaming mavjudligi, ulaming naqadar muhimligidan dalolatdir. Yordamchi moddalar biofaol moddalaming o‘ziga xos tarkibiy qismi bo‘lib, u bilan doim aloqada bo’ladi.
Preparatlaming qo’llanilishida yordamchi moddalar faol substansiya — organizm tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ular faol substansiya la sirini pasaytirishi, susaytirishi yoki turli sabablarga ko‘ra uni o’zgartirishi mumkin. Masalan, amfetaminning tabletkasi, draje, granule, suspenziya yoki qiyomini tayyorlashda yordamchi modda sifatida karboksimetilsellyuloza qo*llanilsa preparatning so'rilishi butunlay yo‘qoladi. Shunday xodisani yordamchi modda sifatida tarkihiga jelatin qo‘shilgan sulfadimezin tabletkasida ham ko'rish mumkin.