Kitob ta'rifi
Lugʼatda Navoiy asarlarida uchraydigan barcha tub va yasama qoʼshma, juft va takroriy soʼzlar, baʼzi turgʼun birikma va iboralar izohlanadi. Lugʼatda hozirgi oʼzbuk tili imlosi boʼyicha mustaqil shaklda yozilib, lugʼaviy maʼno (yoki maʼnolar) ifodalaydigan yoki maʼlum grammatik vazifani (vazifalarni) bajaradigan barcha soʼzlar bosh soʼz sifatida beriladi va izohlanadi. Lugʼatda bosh soʼzlar kirill yozuvida berilib, hozirgi oʼzbek alifbosi tartibida joylashtiriladi. Bosh soʼzdan uning manbadagi arabcha shakli beriladi. Undan keyin bosh soʼzning lotin yozuvidagi transkriptsiyasi oʼrin olgan. Horizgacha Novoiy tiliga oid matnlarni, umuman eski oʼzbek tiliga oid manbalarni transkriptsiya qilishning yagona printsiplari ishlab chiqilmagan. Hatto eski turk tiliga mansub boʼlgan adabiy yadgorliklarni transkriptsiya qilishda turkologlar orasida yakdillik yoʼq. Buning natijasida ushbu mavzuga olimlar turlicha yondashib kelmoqdalar. Shuning uchun lugʼatda foydalanilgan transkriptsion belgilar hamda unli va undoshlar haqida qisqacha izoh berib oʼtish lozim koʼrildi.