Kitob ta'rifi
O`quv qo`llanmada terapevtik stomatologiya sohasida vrachlar kasbini rivojlantirish maqsadi va vazifalari, kutilgan natijalar, ma`ruzalar, amaliy mashg`ulotlar, seminarlarning mavzusi, ularni o`tkazish uchun uslubiy tavsiyalar hamda vrach-terapevt-stomatolog bilimlarini rivojlantirsh va davolash samaradorligini oshirish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar, fan va texnikaning oxirgi yutuqlariga tayangan holda aks ettirilgan va stomatologiya sohasidagi zamonaviy adabiyotlar keltirilgan. Ushbu o`quv qo`llanma stomatologiya talabalari hamda malaka oshirish vrachlarining bilimlarini yanada rivojlantirish uchun mo`ljallangan.