Kitob ta'rifi
Darslikda yadro energetikasini rivoj lantirish zaruriyati, yadro reaktorlarining fizik asoslari, yadro energetik reaktorlarining turlari, atom elektr stansiyalarining (AES) turlari, yadro yoqilg‘i sikli va uning biosferaga ta’siri, yadro yoqilg1 i siklining texnik xususiyatlari bayon etilgan.
Qo'llanilgan loyihalarda reaktorlarning o‘z-o‘zini himoya qilish xususiyatlari va passiv tizimlar va xavfsizlik vositalari bugungi kunda butun dunyo bo'ylab XXI asrning yangi avlod stansiyalari xavfsizligining asosini tashkil qiladi. Atom energetikasining yana bir muhim yo'nalishi yoqilg‘i sifatida vodorodni keng miqyosda ishlab chiqarish bo‘lishi mumkin, bu esa organik yoqilg‘ini sezilarli darajada tejash va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish imkonini beradi.
Energetikaning sivilizatsiya rivojidagi o‘rni va atom energetikasining O’zbekiston energetikasini rivojlantirishdagi roli keltirilgan.
Ushbu darslik oliy o'quv yurtlari fizik-bakalavrlari, magistrantlari, muhandislik - fizika va texnika ixtisosliklari talabalari, doktorantlari va o‘qituvchilari, atom sanoati muhandislari va mutaxassislari uchun foydali bo'lishi mumkin.