Kitob ta'rifi
Hozirgi vaqtda endokrinologiya sohasida zamonaviy ishlanmalarni joriy etish, endokrinopatiyani erta aniqlash uchun turli yoshdagi sog‘lom odamlami skrining tekshiruvlarini joriy etish, endokrinopatiya bilan kasallangan bemorlami davolash va tekshirish jamiyatimizda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ixtisoslashgan samarali va zamonaviy endokrinologiya yordami tizimini shakllantirish, qandli diabet va boshqa endokrin kasalliklar profilaktikasi va ulami barvaqt aniqlash choralarini yanada takomillashtirish, aholiga ixtisoslashgan yuqori malakali endokrinologiya yordamini ko‘rsatishda oliy ma’lumotli hamshiralarning ham rolini kuchaytirish bu - davr talabi hamdir.
Chunki, endokrinologik bemorlarga yuqori texnologiyali parvarish modellarini qo‘llab, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, nogironlik va endokrin patologiyalarda o‘limni kamaytirishda oliy ma’lumotli hamshiralar muhim o‘rin tutadi. Buning uchun endokrinologiya muassasalari uchun oliy ma’lumotli hamshira kadrlarini tayyorlash, ularning endokrinologiya bo‘yicha ham nazariy, ham amaliy bilimlarini takomillashtirish, shuningdek, ularning salohiyatini mustahkamlash lozim.