Kitob ta'rifi
Mazkur annotatsiya «Reabilitologiyada refleksoterapiyaning qo‘llanilishi» nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmun-mohiyati, ilmiy-amaliy ahamiyati va dolzarbligini yoritadi. Qo‘llanmada refleksoterapiyaning nazariy asoslari, fiziologik mexanizmlari, asosiy usullari (akupunktura, nuqtali massaj va boshqalar) hamda ularning reabilitatsiya jarayonida qo‘llanilishi batafsil bayon etilgan.
Qo‘llanmada refleksoterapiyaning turli kasalliklarda, xususan, yurak-qon tomir, nevrologik va vegetativ buzilishlar hamda surunkali kasalliklarda qo‘llanish samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, an’anaviy va zamonaviy tibbiyot usullarining uyg‘un qo‘llanilishi orqali davolash natijalarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘quv qo‘llanma tizimli tuzilishi, ravon va tushunarli bayoni, ko‘rgazmali materiallarning mavjudligi hamda nazorat savollari va test topshiriqlari bilan boyitilgani bilan ajralib turadi. Mazkur qo‘llanma tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlar va amaliyotchi shifokorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, reabilitatsiya va refleksoterapiya sohasida muhim o‘quv-uslubiy manba hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: refleksoterapiya, reabilitologiya, akupunktura, nuqtali massaj, surunkali kasalliklar, kompleks davolash, an’anaviy tibbiyot, zamonaviy tibbiyot, fiziologik mexanizmlar.