Kitob ta'rifi
Ushbu o‘quv qo‘llanma bolalarda uchraydigan respirator kasalliklarni tashxislash va tibbiy yordamni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.
Qo‘llanmada bolalar respirator tizimi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinik kechish xususiyatlari hamda yoshga xos jihatlari izchil va tizimli tarzda yoritilgan.
O‘quv qo‘llanmada zamonaviy laborator va instrumental tekshiruv usullari, differensial tashxis mezonlari, davolashning asosiy tamoyillari hamda asoratlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar keltirilgan.
Shuningdek, respirator kasalliklarda tibbiy yordamni tashkil etishning bosqichlari, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, shoshilinch holatlarda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam hamda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.O‘quv qo‘llanma magistratura rezidentlari uchun mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanma SamDTU Ilmiy kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va nashrga ruxsat etildi.