Kitob ta'rifi
Qo‘llanmada bolalar va o‘smirlar ginekologiyasida qo‘llaniladigan turli diagnostik usullar yoritilgan, shu jumladan sitologik diagnostika, elektrofiziologik, laborator, rentgenologik, radioizotop, endoskopik va morfologik tekshirish usullari. Shuningdek, jinsiy a‘zolarni ultratovush tekshiruvi va normal ultratovush anatomiyasi ham ko‘rib chiqilgan.
Qo‘llanma tarkibida bolalar va o‘smirlar organizmining rivojlanish xususiyatlari, jinsiy a‘zolar fiziologiyasi va reproduktiv tizimning rivojlanish bosqichlariga alohida e‘tibor qaratilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma 70910307- “Bolalar va o‘smirlar ginekologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining magistratura dasturiga mos ravishda magistratura rezidentlari uchun mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanma SamDTU Ilmiy Kengashi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. Bayonnoma 2026 yil 29- aprel, № 9.