Kitob ta'rifi
Zamonaviy tibbiyot fan va texnologiyalarining jadal rivojlanishi, diagnostika va davolash usullarining takomillashuvi bilan bir qatorda tibbiy aralashuvlar bilan bog‘liq asoratlar va patologik holatlarning ko‘payishiga ham olib kelmoqda. Ushbu holatlar majmui yatrogen patologiya tushunchasi bilan ifodalanadi va hozirgi kunda klinik tibbiyot, patomorfologiya hamda sud-tibbiy amaliyotning muhim muammolaridan biri hisoblanadi.
Yatrogen patologiya — bu shifokor tomonidan amalga oshirilgan diagnostik, davolovchi yoki profilaktik ta’sirlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklar va patologik holatlar bo‘lib, ular bemor organizmida mavjud bo‘lgan asosiy kasallik kechishini og‘irlashtirishi, yangi asoratlarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi hamda ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Tibbiy amaliyotda farmakologik preparatlarning keng qo‘llanilishi, invaziv tekshiruv va muolajalar sonining ortishi, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarining ko‘payishi yatrogen patologiyalar ulushining oshishiga zamin yaratmoqda