Kitob ta'rifi
Butun dunyoda taxminan. atopik dermatit bilan kasallangan bolalar soni 20%ni, katla yoshli odamlarlar 10%ni tashkil qiladi. bu esa bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.
Aholisi orasida atopik dermatit kasalligi odatda erta bolalik davrida boshlanadi. klinik ko‘rinishi polimorfli toshmalar bilan kechadi liamda turli patomorfologik o'zgarishlar, shuningdek. bemorlarning butun hayoti davomida boshqa atopik patologiyaga avlanish tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy tadqiqotlarga ko'ra. kasallik rivojlanishida atrof- muliit omillarining buzilishi. odamlar turmush tarzining pasayishi.yomon odatlar, surunkali allergik kasalliklar, ayniqsa, atopiya liamda nafas yoMlari kasallanishining birinchi sababchilardan biri deb bashorat qilmoqdalar. Mavjud muammolarni hal etish uchun kasallikning liali topilmagan qirralarini izlab topib, patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda yangi diagnostik. prognostik, profilaktik va davo usullarini isliiab chiqish hozirgi zamon talabi hisoblanadi.