Kitob ta'rifi
Oshqozon-ichak traktining funksional buzilishlari pediatriya amaliyoti uchun dolzarb muammo hisoblanadi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda, ayniqsa, hayotining dastlabki 6 oyida qusish, ichak sanchig‘i va funksional qabziyat kabi holatlar eng ko‘p uchraydi. Bolalarning yarmidan ko‘pida ular turli kombinatsiyalarda, kamdan kam hollarda bitta alohida simptom sifatida kuzatiladi. O‘quv-uslubiy qo‘llanmada asosiy e’tibor bolalarda turli holatlar bilan kechadigan kasalliklarni tashxislash va davolashning amaliy masalalariga qaratilgan.