Kitob ta'rifi
Ushbu uslubiy qo'llanma zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarining tibbiyot sohasida qo ‘llanilishiga oid nazariy va amaliy masalalarga bag ‘ishlangan.
Uslubiy qo'llanmada telemeditsina, sun’iy intellekt, IoT qurilmalari, 3D texnologiyalar, bulutli axborot tizimlari, tibbiy tasvirlami qayta ishlash, elektron tibbiy hujjatlarni yuritish, diagnostika va reabilitatsiya jarayonlarini raqamlashtirish kabi dolzarb mavzular keng yoritilgan.
Mazkur uslubiy qo‘llanma bo'lajak shifokorlaming axborot madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, klinik jarayonlarda raqamli yondashuvni shakllantirish hamda klinik qaror qabul qilishda axborot tizimlaridan samarali foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Uslubiy qo'llanma Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.